Akademik litseyni obod qilish, fayzli maskanga aylantirish maqsadida hashar tashkil qilindi

Chop etish

Xalqimizda dunyoning boshqa xalqlari o’rganadigan, havas qilsa arziydigan qadriyatlari, urf-odatlari talaygina. Shulardan biri — bu hashar. Hashar — bu ijtimoiy hamkorlik va begʻaraz yordam shakllaridan biri. Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra tozalik, ozodalik, ko’cha-xiyobonlarni obod qilish, daraxtlarga ishlov berish, atrof-muhitni ozoda-sarishtaligini ta’minlash kabi ishlar bajariladi.

 

Shu bois, joriy yilning 15-mart sanasida akademik litseyni obod qilish, fayzli maskanga aylantirish maqsadida hashar tashkil qilindi. Ushbu hasharda daraxtlarning tagi ag‘darildi va oqlandi. 20 ga yaqin yangi mevali ko‘chatlar ekildi. Sinfxonalar tozalandi, yangi gul ko'chatlari o'tqazildi.  Hashar doirasida barcha xodimlar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar faol qatnashdilar.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati