“Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari!!!
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida joriy yilning 22-, 23-avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-avgustdagi 516-F-son farmoyishiga muvofiq “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini yuqori saviyada tashkil qilindi.
Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko‘ra akademik litseyda tozalik, ozodalik, ko‘cha-xiyobonlarni obod qilish, daraxtlarga ishlov berish, atrof-muhitni ozoda-sarishtaligini ta’minlash kabi ishlar bajariladi.









