Xitoy Xalq Respublikasi Tyanszin shahrida joylashgan 天津师范大学 o‘quv kurslarida akademik litsey o‘qituvchisi Umarova Nigina ishtirok etdi

Chop etish

Joriy yilning 6-19 iyul kunlari  Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan respublikamizdagi  Xitoy tili va madaniyatini o‘rganuvchi o‘qituvchilar uchun maxsus malaka oshirish dasturi tashkil etildi.

Ushbu dastur doirasida O‘zbekistonning turli hududlaridan 17 nafar o’qituvchi va mutaxassislar Tyanszin shahrida joylashgan 天津师范大学 (Tyanszin pedagogika universiteti) da o‘quv kurslarida ishtirok etdilar.

Ular orasida SamDChTI akademik litseyi o‘qituvchisi Umarova Nigina ham ushbu dasturda ishtirok etdi. O’qituvchilar xitoy tilini zamonaviy metodlar asosida o‘qitish, madaniyatlararo muloqotni chuqurlashtirish bo‘yicha tajriba oshirdilar.

Malaka oshirish kursi Xitoyning zamonaviy metodik qo‘llanmalari va sinovdan o‘tgan amaliyotlariga asoslangan bo‘lib, o’qituvchilar yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, Xitoy xalqining urf-odatlari, qadriyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar .

 

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati