Akademik litseyda O'zbekiston Respublikasi Liberal demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 9-sentabr sanasida SamDCHTI akademik litseyida O'zbekiston Respublikasi Liberal demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Liberal demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi hamda Samarqand shahar kengashining mutasaddi rahbarlari va akademik litsey jamoasi ishtirok etishdi.
Ushbu davra suhbatining tashkil etilishi akademik litsey jamoasining siyosiy faolligini yanada oshirishga xizmat qildi.Tadbir davomida Akademik litsey direktoriga partiyaga a'zolik guvohnomasi hamda esdalik sovg'alari topshirildi. Jamoaga O'zbekiston liberal demokratik partiyasiga a'zo bo'lish uchun takliflar bildirildi.






