Akademik litseyda 206-guruh o‘quvchilarining ota onalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 15-sentabr sanasida akademik litseyda 206-guruh o‘quvchilarining ota onalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishini akademik litsey ijrochi direktori Dilshodxon Islomov olib bordi. Yig‘ilishda 1-yil sarhisobi bo‘yicha o‘quvchilarning bir yil davomida erishgan yutuqlari, o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashish davomati, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari muhokama qilindi. Ushbu guruhda o‘zlashtirishi sust o‘quvchilarning ota-onalari, guruh rahbarlari va fan o‘qituvchilariga tanbeh berildi. 3 oy muddatda ota-onalar bilan hamkorlikda ushbu o‘quvchilarni ko‘zlangan maqsadga erishish uchun amaliy mashg‘ulotlarni amalga oshirish bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida o‘zining bilimi, iqtidori va namunali xulqi-odobi bilan alohida o‘rnak ko‘rsatgan o‘quvchilarning ota-onalari Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.





