Tarix fani o’qituvchisi A.Mamasoliyev boshchiligida tarixiy maskanlariga sayohat uyushtirdilar

Chop etish

Joriy oʻquv yilining 19- sentabr sanasida akademik litseyning bilimga chanqoq, izlanuvchan oʻquvchilari Tarix fani o’qituvchisi A.Mamasoliyev boshchiligida qadimiy va betakror, goʻzallikka boy Samarqand shahrining tarixiy maskanlariga sayohat uyushtirdilar.                                          

 

Sayohat davomida oʻquvchilar Amir Temur bobomiz barpo etgan tarixiy obidalar va ularning tarixi  bilan yaqindan tanishdilar. Bu tashrif ajdodlarimizning boy tarixini o'rganishda ma'naviy ma'rifiy maktab vazifasini o'tadi.

 

Mazkur sayohat darsi nafaqat bilim, balki estetik zavq, ruhiy ozuqa ham ulashdi. Oʻquvchilar orasida boy tariximizga bo'lgan qiziqishni yanada orttirdi.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmatlari