Umumiy ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3290-sonli qaroriga asosan Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi tashkil etildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyini joriy yilga qadar 2018/2019-o‘quv yilida 338 nafar, 2019/2020-o‘quv yilida 408 nafar, 2020/2021-o‘quv yilida 331 nafar, 2021/2022-o‘quv yilida 309 nafar, 2022/2023- o‘quv yilida 161 nafar, 2024/2025-o‘quv yilida 156 nafar, jami 1703 nafar o‘quvchilar bitirgan. Shu davrda o‘tkazilgan fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarda 2 ta oltin, 2 ta kumush hamda taʼlim olgan yo‘nalishlari bo‘yicha 12 nafar bitiruvchilar mahalliy oliy taʼlim muassasalariga tanlovsiz talaba bo‘ldi. 200 nafardan ortig‘i xorijiy oliy taʼlim muassasalariga grant asosida talabalikka qabul qilingan va hozirgi kunda akademik litsey bitiruvchilari mamlakatimiz xalq xo‘jaligining turli sohalarida faoliyat yuritishmoqda.

Mazkur muassasa Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyiga aylantirilgandan buyon eng iqtidorli o‘quvchilar uchun 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab “Rektor stipendiyasi” hamda “Аkademik litsey iftixori” stipendiyalari joriy qilindi.

“Rektor stipendiyasi” sovrindorlari SamDCHTIning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirib kelinmoqda. Joriy o‘quv yilida ham 20 nafar iqtidorli talabalar “Rektor stipendiyasi” sovrindori bo‘lishdi.

– litsey moddiy texnika bazasini yaxshilash borasida SamDCHTI tomonidan kompyuter texnikasi va lingafonlar olinib, SMART sinflari tashkil etildi;

– pedagog-xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼlim tizimida o‘rnak ko‘rsatgan, akademik litseyni rivojlantirish, taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida yutuqlarga erishgan o‘qituvchilarga bir martalik rag‘batlantirish hamda yil davomida oylik maoshlariga ustamalar berish yo‘lga qo‘yildi.

Аkademik litseyda 3 ta kafedra faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, “Xorijiy tillar” kafedrasidagi jami 14 nafar chet tili fani o‘qituvchilarining barchasida (100%) chet tilini bilish darajasini belgilovchi C1 sertifikatlari mavjud.

Аkademik litseyda 2024/2025-o‘quv yilining may oyi holatiga ko‘ra jami o‘quvchilar soni 329 nafarni tashkil etadi. 329 nafar o‘quvchilarning 218 nafari B1 darajadagi, 169 nafari B2, 26 nafari C1 darajadagi xorijiy tillarni bilish, 86 nafari umumtaʼlim fanlarini bilish bo‘yicha milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi. Аkademik litseyning 20 nafar bitiruvchilar xalqaro darajadagi CEFR, IELTS, TOPIC, sertifikatlari asosida xorijiy oliy taʼlim muassasalari grantlarini yutib, oldindan talabalik maqomini qo‘lga kiritishdi.

Аkademik litsey o‘qituvchilari tomonidan 2024/2025-o‘quv yili davomida OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda 32 ta maqola, yuqori impakt faktorga ega ilmiy jurnallarda (5+darajali) 31 ta maqola, Xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan konferensiyalar to‘plamlarida 40 ta ilmiy maqola, Respublika miqiyosidagi konferensiyalar to‘plamlarida 50 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi.

SamDCHTI professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda 3 ta monografiya va 7 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashrdan chiqarilgan.

Bugungi kunda akademik litseyda 3 nafar PhD, 7 nafar mustaqil izlanuvchi o‘qituvchilar faoliyat yuritishmoqda.

SamDChTI akademik litseyi Rossiya Federatsiyasi, Koreya Respublikasi, Fransiya, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi kabi bir qator xorijiy davlatlarning OTMlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatildi va quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Fransiya elchixonasi tasarrufidagi “Fransuz Аlyansi”ning Samarqand shahridagi vakilligi bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatish, mustahkamlash maqsadida vakillik direktori Marjolen Le Gallo xonim (Marjolen Le Gallo) bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi;

2024-2025-yillarda Koreya Respublikasiga akademik litseyning bir qator o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari 3 marotoba talabalar almashinuvi va o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan stajirovkalarda ishtirok etib kelishdi;

2024-yilda Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi va Tojikiston Respubliklaridagi bir qancha OTMlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi va talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yildi;

Samarqand shahridagi F.Gumbolt nomidagi 51-nemis tiliga ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Joriy yil aprel-may oylarida umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseyga saralab olish maqsadida Samarqand shahri va viloyatining  barcha tumanlaridagi umumta’lim maktablarida akademik litsey o‘qituvchilari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda. Bugunga qadar akademik litseyda o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilar soni 2000 nafardan ortmoqda.