Respublika olimpiadasining saralash bosqichi bo'lib o'tdi

Chop etish

Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari hamda umumta'lim maktablari o'quvchilarining bilimlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, iqtidorlarni saralash va har tomonlama rag'batlantirish maqsadida respublika miqyosida fan olimpiadalari tashkil etib borilmoqda.

Bugun SamDCHTI akademik litseyida o'quvchilar o'rtasida o'tkaziladigan Respublika fan olimpiadasining 1-bosqichi (viloyat fan olimpiadasiga saralash) doirasida ona tili fanidan imtihonlar bo'lib o'tdi.

Jarayon davomida o'quvchilar test va yozma(muayyan mavzuga insho yozish) bo'yicha o'z bilimlarini sinovdan o'tkazdilar.

Eslatib o'tamiz, mazkur olimpiadaning akademik litsey bosqichidan yuqori natijalar bilan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilar viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritishadi.

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati