"Gapni sintaktik tahlili qilish namunasi" mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi.

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida o’quvchi yoshlarning bilim olishga bo’lgan intilishlarini yanada oshirish borasida muntazam ochiq dars jarayonlari o’tkazilib kelinadi. Navbatdagi tashkil etilgan ochiq dars "Gapni sintaktik tahlili qilish namunasi" yuzasidan tashkil etilgan bo’lib, unda 207-guruh o'quvchilari qatnashishdi.

Dars jarayoni litsey ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Vafoqulova Guzal Ochilovna tomonidan qiziqarli va samarali olib borilib, o’quvchilarga mavzu to’g’risida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, "Gapni sintaktik tahlili qilish namunasi" , "Domino’’", "Qisqa yo'ldan boring", "Bahor daraxti", "Baliq skeleti", "Klaster " kabi metodlarlardan foydalanildi.