Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida xayriya hashari o'tkazildi

Chop etish

Hashar xalqimizga xos eng azaliy urf-odatlardan biridir. Negaki, tozalik, musaffolik va ozodalik bor joyda unum va baraka bo'ladi. Shuning uchun ham xalqimiz orasida milliy qadriyatlarga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida xayriya hasharlari o'tkaziladi.

Bugun ham mamlakatimizning barcha hududlaridagi kabi Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida ham umumxalq xayriya hashari o'tkazildi. Unda litsey jamoasi hamda o'quvchilar ishtirok etishib, akademik litsey obodonchiligiga o'z hissalarini qo'shdilar.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati