SamDCHTI akademik litseyida Yakuniy davlat attestatsiyalari boshlandi

Chop etish

Bugun 13-iyundan Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida 2021-2022-o'quv yili bitiruvchilari uchun Yakuniy davlat attestatsiyalari boshlandi. 

Yakuniy davlat attestatsiyalarining dastlabkisi SamDCHTI akademik litseyi ijrochi direktori Zokir Bazarov hamda SamDCHTI professori Xurshid Xayrullayev tomonidan ochib berildi.

Jarayon davomida o'quvchilar Yakuniy davlat attestatsiyalari uchun tuzilgan test savollariga javob berganlari holda o'quv yili davomida to'plagan bilim hamda ko'nikmalarini yana bir bor sinovdan o'tkazdilar.

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati