Litseyning yutqularidan biri
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3290 Qaroriga asosan Samarqand davlat chet tillar instituti tasarrufiga o‘tkazilgan. Bugungi kunda litseyimizda 3 ta kafedra mavjud bo’lib, ta’lim yo‘nalishlari soni 4 tani tashkil etmoqda, ya’ni akademik litseyimizda tahsil oluvchilar 5 ta xorijiy til bo’yicha ta’lim olib bormoqdalar.
Akademik litseyimizning faoliyatini yanada takomillashtirish, o’quvchilarimizning sifatli va samarali ta’lim olishlarini ta’minlash, shuningdek, har tomonlama yetuk, malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida bir qator mahalliy hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ham hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yganmiz. Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand davlat universiteti, Samarqand Konfutsiy instituti, Toshkent Gyote institutlari shular jumlasidandir.
Shuningdek, Yurtboshimizning 2020-yil 3-dekabrda “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida akademik litseyimizning moddiy texnik bazasini boyitish, litseyda ta’lim sifatini oshirish hamda metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar institute tomonidan pul mablag’lari ajratilib, akademik litsey faoliyati yanada takomillashtirilmoqda.
Bundan tashqari, alohida ta’kidlashimiz joizki, litseyimizda qator xorijlik mutaxassislar ham muntazam faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar. Bular Anton Umbach, Hashim Ismail, Kim O Gyol, Marina Vecheslova, hamda Yaponiyalik mutaxassis Koshida Toshiyukilardir. Ushbu xorijlik professor-o’qituvchilar bilan ilg‘or dars jarayonlarini birgalikda tashkil qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur amalaga oshirilayotgan ishlar Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan o’quvchilarning bilimlarini yanada mustahkamlash, o’rganayotgan ko’nikmlarini amalda qo’llash va o’z iste’dodlarini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratishi, shubhasiz.