SamDChTI akademik litseyi

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tashkil etilayotgan dars jarayonlarining sifat va samaradorligini, shuningdek, jahon hamda ta’lim stanfardlariga mos tarzda tashkil etilishini ta’minlash maqsadida akademik litseyning moddiy texnik bazasini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, yangi o’quv yiliga o‘quv binolarini tayyorlash maqsadida mukammal qayta ta’mirdan chiqarish ishlari uchun 200 mln, issiqlik ta’minotini modernizatsiya qilish uchun 100 mln, oshxona va sport zallarini qayta ta’mirdan chiqarish uchun 100 mln. so‘m miqdordagi pul mablag’lari ishlatildi.

Akademik litseyimiz faoliyatini raqamlashtirish maqsadida 98 mln 811 ming so‘mga 2 ta zamonaviy IT (kompyuter texnologiyalari) xonalari tashkil etildi va 208 million 164 ming so‘mga 30 ta zamonaviy monoblok kompyuterlari, 36 mln 845 ming so‘mga 30 kompyuter stoli va 30 ta zamonaviy maishiy jihozlari bilan ta’minlandi.

Undan tashqari akademik litseyimizga optik tolali internet tizimini o‘rnatdik va o‘quv mashg‘ulotlarida foydalanish uchun zamonaviy talablarga mos 41 343 821 million so‘mlik 20 ta kompyuter, 13 504 202 million so‘mlik 6 ta televizor, 36 179 000 million so‘mlik 10 dona proektor va yangidan yangi 200 dan ortiq o‘quv adabiyotlarini tuhfa etdik. Shuningdek, o’quvchilar bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun jami 49 million so‘mlik 22 turdagi sport jihozlari va  9 turdagi musiqa asboplari bilan ta’minlandi.

Yuqorida amalga oshirilgan ishlar natijasida, akademik litseyda tahsil olayotgan o’quvchilar zamonaviy va shinam xonalarda, barcha qulayliklar hamda shart-sharoitlar bilan ta’minlangan holda tahsil olmoqdalar.