Akademik litsey faoliyati takomilllashtirilmoqda

Chop etish

Shuningdek, Yurtboshimizning 2020-yil 3-dekabrda “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida akademik litseyimizning moddiy texnik bazasini boyitish, litseyda ta’lim sifatini oshirish hamda metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar institute tomonidan pul mablag’lari ajratilib, akademik litsey faoliyati yanada takomillashtirilmoqda.

Bundan tashqari, alohida ta’kidlashimiz joizki, litseyimizda qator xorijlik mutaxassislar ham muntazam faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar. Bular Anton Umbach, Hashim Ismail, Kim O Gyol, Marina Vecheslova, hamda Yaponiyalik mutaxassis Koshida Toshiyukilardir. Ushbu xorijlik professor-o’qituvchilar bilan ilg‘or dars jarayonlarini birgalikda tashkil qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur amalaga oshirilayotgan ishlar Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan o’quvchilarning bilimlarini yanada mustahkamlash, o’rganayotgan ko’nikmlarini amalda qo’llash va o’z iste’dodlarini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratishi, shubhasiz.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati