8-mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan akademik litsey ayollar jamoasini, talaba-qizlarimizni, shuningdek, sizlarning timsolingizda yurtimizdagi barcha onalar, opa-singillarimizni chin dildan muborakbod etaman

Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar, qadrli  talabalar, muhtarama opa-singillar!

Avvalo, yurtimizga tashrif buyurgan yasharish, yangilanish fasli bo‘lgan bahor bayrami bilan barchangizni muborakbod etaman. Bahor faslining avvalida butun dunyo bo‘ylab Xotin-qizlar kunini nishonlash yaxshi an’anaga aylangan. Bunda ham, albatta, ramziy ma’no-mazmun bor. Zero, tabiatning uyg‘onishi, yangi hayot nafasining ufurishi hayotimizga go‘zallik, qalblarimizga mehr-muhabbat olib kiruvchi ayollarimizning bayrami bilan hamohang. Shu qutlug‘ ayyom  8-mart -  “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan akademik litsey ayollar jamoasini, talaba-qizlarimizni, shuningdek, sizlarning timsolingizda yurtimizdagi barcha onalar, opa-singillarimizni chin dildan muborakbod etaman. Bahoriy go‘zallik hamda ko‘rkamlik sizni umr bo‘yi tark etmasin.

 

Hurmat bilan,

SamDCHTi akademik litseyi ijrochi direktori                                            D.U.Islomov