Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etaman
Hurmatli hamkasblar, aziz talabalar!
Mustaqillik xalqimizga o‘z yo‘lini tanlash, taqdirini o‘zi belgilash imkonini berdi. Shu bois mustaqilligimizning 34 yilligi “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” degan yuksak shior ostida nishonlanayotgani bejiz emas. Bu shior bugungi taraqqiyotimizning mazmunini, xalqimizning ezgu intilishlarini ifodalaydi.
Prezidentimiz rahnamoligida ilgari surilayotgan Uchinchi Renessans g‘oyasi ham ana shu ezgu chaqiriqlarning zamonaviy davomidir. Biz ziyolilar ham mazkur yangilanishlar pallasida yurtboshimiz yonida turib, ezgu ishlarga kamarbasta boʻlmogʻimiz shart.
Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etar ekanman, sizlarga sog‘lik, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda yangi yutuqlar, ulkan zafarlar tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin! Yaratganning oʻzi goʻzal yurtimizni va mehnatkash xalqimizni panohida asrasin!


