DIQQAT EʼLON!!! Akademik litseyda “Yosh kitobxon” koʻrik tanlov oʻtkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 12-may kuni «Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaror imzolandi. Shu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida SamDChTI akademik litseyida ham “Yosh kitobxon” koʻrik tanlov oʻtkaziladi.
Tanlovda ishtirok etadigan jamoalar:
1 bosqich oʻquvchilar jamoasi
2 bosqich oʻquvchilar jamoasi
Litsey oʻqituvchilar jamoasi
( Jamoada 6 ta aʼzo boʻlib, saralash asosida qabul qilinadi)
1- bosqich 10- fevraldan boshlanadi . Belgilangan asarlarni oʻqish.
1."O‘tkan kunlar" A. Qodiriy
2."Kecha va kunduz" A. Cho‘lpon
3."Ikki eshik orasi" O‘. Hoshimov
4."Yulduzli tunlar" P. Qodirov
5."Jimjitlik" S. Ahmad
6."Chinor" A. Muxtor
7.Jaziramadagi odamlar" L. Bo‘rixon
8."Dunyoning ishlari" O‘. Hoshimov
9. "Molxona" Jorj Oruell
10."Hayotga muhabbat" Jek London
2-bosqich 14-mart kuni bo’lib o’tadi.
1-shart. Badiiy asarlar bo’yicha test savollarini bajarish – 40 ball
2-shart. Zakovat sinovi (Ushbu shartda biror asardagi syujetga oid ma’lumot o‘qib eshittiriladi).
Ishtirokchidan ushbu asar nomini topishi hamda uning mazmun-mohiyati, bosh g‘oyasi va ahamiyati to‘g‘risida qisqacha sharhlab berishi so‘raladi. Sharhlash jarayonida ishtirokchining bilimini tekshirish maqsadida hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin) -20 ball
3-shart. Sirli raqamlar ( raqam orqasiga badiiy asarlar nomi yashirilgan boʻladi. Ishtirokchilar xohlagan raqamini tanlashadi va oʻziga tushgan asar haqida 3 daqiqa davomida asarning mazmun mohiyati toʻgʻrisida umumiy maʼlumot berishi shart) -20 ball
4-shart. Menga eng yoqqan asar. ( Mavzu, gʻoya, boshqalarga oʻqishga tavsiya etish sababi) -20 ball
“Yosh kitobxon” tanlovida gʻolib boʻlgan ishtirokchilar SamDChTI akademik litsey direktori tomonidan ragʻbatlantiriladi.
1-oʻrin uchun 500 ming soʻm pul mukofoti.
2- oʻrin uchun 300 ming soʻm pul mukofoti.
3- oʻrin uchun 200 ming soʻm pul mukofoti.