Akademik litseyda o‘tkazilgan "Bobur kabi seving vatanni" nomli tadbir yuksak saviyada o‘tkazilib, ishtirokchilarga katta taassurot qoldirdi
Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyida o‘tkazilgan "Bobur kabi seving vatanni" nomli tadbir yuksak saviyada o‘tkazilib, ishtirokchilarga katta taassurot qoldirdi. Tadbir davomida Zahiriddin Muhammad Boburning boy merosi, vatanparvarlik g‘oyalari va adabiy faoliyati yoritilib, milliy raqslar, she’riy chiqishlar va ijodiy namunalarga ham alohida e’tibor qaratildi. Litsey ma’muriyati, o‘qituvchilar va talabalar sahna ko‘rinishlari hamda ijodiy chiqishlarni katta qiziqish bilan tomosha qilib, tadbirdan iliq taassurot oldilar. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib, ularning san’at va adabiyotga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirishga alohida e’tibor berildi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ulug‘ ajdodlarimiz merosiga sadoqat bilan xizmat qilishga undaydi.
SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati: