Akademik litseyda 2024-2025-o'quv yili davomida alohida jamoat ishlarida o'rnak ko'rsatgan o'qituvchilar va bir qator o'quvchilar faxriy yorliq, diplom, tashakkurnoma va pul mukofatlari bilan taqdirlandilar
Joriy yilning 27-may sanasida Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida 2024-2025-o'quv yili davomida alohida jamoat ishlarida o'rnak ko'rsatgan o'qituvchilar tashakkurnomalar bilan, bilimi, aql-zakovati, jamoaviy ishlarda faolligi,sport musobaqalarida tezkorligi bilan akademik litsey sha'nini yuqori cho'qqilarga olib chiqqan bir qator o'quvchilar faxriy yorliq, diplom, tashakkurnoma va pul mukofatlari bilan taqdirlandilar.
Bu kabi e’tiroflar siz azizlarning mehnatingiz samarasidir! Barchangizga kelgusi ishlaringizda ulkan zafarlar, cheksiz muvaffaqiyatlar tilaymiz!











