Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga maqsadli yo‘naltirish va tantanali diplom topshirish!” tadbiri tashkil etildi

Samarqand davlat chet tillar instituti  akademik litseyida 2025-yil 18-iyun kuni “Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga maqsadli yo‘naltirish va tantanali diplom topshirish!” tadbiri tashkil etildi.

 

Tadbirda akademik litsey bitiruvchilarining  ota-onalari, faxriy ustozlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Bu yil akademik litseyni jami 155 nafar bitiruvchi bitirmoqda. Shundan 1 nafari oltin, 5 nafari kumush medal bilan, 36 nafari a'lo darajali diplom bilan bitirmoqda.   

 

Tadbir davomida bitiruvchilarga oltin, kumush medal, diplom hamda o'qish davrida namunali xulqi, bilimi bilan tengdoshlari orasida ajralib turgan “Rektor olimpiadasi” g‘oliblariga akademik litsey rahbariyati tomonidan “Tashakkurnoma” va esdalik  sovg‘alari topshirildi.

 

2024/2025-o‘quv yilida bitiruvchilar  4 ta xalqaro C1, 61 ta B2 sertifikatga, 68 ta milliy sertifikatga ega bo‘ldilar.

 

 

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati