Zhou Xiao Xiao

2019-yildan buyon Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida faoliyat yuritib kelayotgan xitoylik mutaxassis Zhou Xiao Xiao hozirda ham o'z faoliyatini qizg'in davom ettirmoqda.

Ana shunday qiziqarli darslardan biri bugun, 25-noyabr kuni 1-kurs o'quvchilari bilan bo'lib o'tdi. Zhou Xiao Xiao dars davomida o'quvchilarga xitoy tili, madaniyati, urf-odatlari haqida ma'lumotlar berish bilan bir qatorda  o'quvchilarning faol ishtirokida turli xil qiziqarli mashg'ulotlar, o'yinlar, savol-javoblar o'tkazmoqda.

Shuningdek, o'quvchilar dars jarayonida xorijlik mutaxassis tomonidan mavzuga oid, maxsus tanlangan qiziqarli filmlar tomosha qilib o'zlarining xitoy tilidagi bilimlarini yanada mustahkamlamoqdalar.