Charlotte Bonin

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyidagi ta'lim jarayonlarining sifat va samaradorligini oshirish, o'quvchilarning bilimlarini mustahkamlash maqsadida qator xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilmoqda.

Xususan, bugun 3-dekabr sanasidan boshlab fransiyalik volontyor mutaxassis Charlotte Bonin SamDCHTI akademik litseyida o'z faoliyatini boshladi. Mutaxassis bugun akademik litsey mas'ullari bilan kelgusidagi hamkorlik aloqalari  borasidagi suhbatdan so'ng o'quvchilar bilan ilk tanishuv darslarini o'tkazdi.

Dars jarayonida mutaxassis o'quvchilarga endilikda olib boriladigan dars jarayonlari, fransuz tili hamda madaniyati, urf-odatlari xususida ma'lumotlar berdi.

Xorijlik hamkorlar ishtirokida tashkil etilayotgan dars mashg'ulotlari o'quvchilarning xorijiy tillarni o'rganishdagi bilim va ko'nikmalarini yanada riovojlantirishlarida asos vazifasini o'taydi.