Sayaka Aoiki

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida ta'lim jarayonlarining sifat va samaradorligini hamda xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan qiziqishini yananda oshirish, o'quvchilarning bilim-ko'nikmalarini bundanda mustahkamlash maqsadida xorijiy davlatlarning oliy ta'lim muassasalaridan xorijlik til mutaxassislari o’quv jarayoniga jalb etilmoqda, shu jumladan, hamkorlik aloqlari muntazam davom ettirilmoqda.

Bugun, 2-noyabr kuni akademik litseyga kelgan yaponiyalik yapon tili mutaxassisi Sayaka Aoiki hamda akademik litsey ijrochi direktori Zokir Bazarovlar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida muntazam xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirish, birgalikda litsey o’quvchilari uchun turli xil grant dasturlari va loyihalarni joriy etish, o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash kabilar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.

Uchrashuvdan so’ng yaponiyalik mehmon litsey o’quvchilari bilan ham uchrashdi. Uchrashuv chog’ida o'quvchilar bilan yapon tili, madaniyati hamda urf-odatlari yuzasidan suhbat olib borib, ularga qo'shimcha ma'lumotlar berdi.