Janubiy Koreya Respublikasining Top universitetlari ro'yxatiga kiruvchi universitet bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi vakillari xalqaro hamkor universitetlardan biri - Janubiy Koreya Kvangju Ayollar Universitetida xizmat safarida bo'lishdi.

 

Universitet rahbariyati bilan o'tkazilgan muzokaralar davomida o'qituvchilar  va o'quvchilar stajirovkasi, o'quvchilar uchun hamkor ta'lim muassasalarda yozgi o'quv kurslari, o'qituvchilar uchun ilmiy va metodik seminarlar o'tkazish kabi loyihalarni amalga oshirish muhokama qilindi.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati