Koreys tili oʻqitiladigan o'rta, professional ta'lim muassasalari rahbarlari uchun seminar tashkil qilindi.
Joriy yil 28-noyabr kuni Toshkent shahridagi Puchon Universitetida Janubiy koreyaning Toshkent shahridagi Koreya markazi hamda Toshkent shahridagi KOICA markazi hamkorligida koreys tili oʻqitiladigan o'rta, professional ta'lim muassasalari rahbarlari uchun seminar tashkil qilindi. Ushbu seminarda akademik litsey ijrochi direktori Dilshodxon Islomov ham ishtirok etmoqda. Seminar 30-noyabr sanasiga qadar davom etadi.