21-oktyabr " Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan" kun munosibati bilan "Davlat tili taraqqiyoti, muammo va yechimlar’’ mavzusida konferensiya tashkil etildi
Xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk, ehtimolki, birlamchi boyligi bor. Bu – uning tili. Aynan til odamlarni bir millat sifatida biriktiradi, ya’ni xalqni – xalq, millatni – millat qiladi.
1989-yil 21-oktyabr kuni “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan. Ulug‘ mutafakkir shoirimiz hazrat Alisher Navoiyning o‘zbek xalqi ma’naviy dunyosi, tilining shakllanib rivoj topishida xizmatlari katta bo‘lgan. Zero, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, o‘z tilini hurmat qilgan boshqalarning ona tiliga ham chuqur hurmat bilan qaraydi.
21-oktyabr " Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan" kun munosibati bilan SamDChTI oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi bilan hamkorlikda "Davlat tili taraqqiyoti, muammo va yechimlar’’ mavzusida konferensiya akademik litseyda tashkil etildi. Konferensiyada akademik litseyning 1- va 2-bosqich oʻquvchilari ham oʻzlarining taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.






