Barchangizni 21-oktabr — O‘zbek tili kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman

Hurmatli ustozlar, aziz talabalar, qadrli hamkasblar!

Barchangizni 21-oktabr — O‘zbek tili kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Bu bayram har birimiz uchun aziz. Chunki o‘zbek tili  bizning o‘zligimiz, tariximiz, dunyoqarashimiz va yuragimizdagi eng pok tuyg‘ularimizning ifodasidir. Asrlar davomida xalqimiz bu til orqali o‘z orzu-umidlarini, dard-u quvonchlarini, oriflik va ezgulik g‘oyalarini avloddan-avlodga yetkazib kelgan.

Bugun tilimiz davlat maqomiga ega sanoqli tillar qatorida, jahon miqyosida e’tirof topayotgan, ilm-fan va madaniyat tili darajasiga ko‘tarilayotgan buyuk boyligimizdir.

 

Ona tilimizni asrab-avaylash, uni yanada yuksaltirish yo‘lida qilayotgan mehnatingiz uchun barchangizga chuqur minnatdorchilik bildiraman.

 

Bayramingiz muborak bo‘lsin, azizlar!

Dilshodxon Islomov

SamDCHTI akademik litseyi ijrochi direktori.