Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan "Til- millat qalbining mangu jarangi" nomli madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi

Joriy oʻquv yilining 21-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan "Til- millat qalbining mangu jarangi" nomli madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

 

Tadbirda akademik litsey mas'ullari, hamda o'quvchilar ishtirok etishib, ona tilimiz qadr-qimmati, uning milliyligi  hamda davlatchiligimizda tutgan o'rni haqida so'z yuritishdi.

 

O'quvchilar ona tilimizga bag'ishlangan ijod na'munalari bilan yig'ilganlarga xush kayfiyat ulashish  bilan bir qatorda ona tilimizni o'zida mujassam ettirgan turli she'r, raqs hamda sahna koʻrinishlari bilan tadbir qatnashchilarining olqishlariga sazavor boʻlishdi. Tadbir so'ngida tadbirda faol ishtirok etgan oʻquvchilarga faxriy yorliqlar topshirildi.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati