Samarqand davlat chet tillar instituti rektori B.Xoliqov akademik litsey talabalar turar joyiga tashrif buyurdi

Dastlab rektor talabalar turar joyida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Yashash xonalari, kutubxona, oshxona, yuvinish xonalarini ko‘zdan kechirdi.

Talabalar bilan muloqot jarayonida ularning yashash sharoitlari, orzu-istaklari va kelajak rejalari haqida suhbatlashdi.

Talabalarning murojaatlariga, taklif va mulohazalariga e’tibor qaratdi.

Rektor talabalar turar joylaridagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, bino va inshootlarni qishki mavsumga tayyorlash, talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

 

Tashrif talabalar hayotida muhim ahamiyat kasb etib, taʼlim jarayonini yanada jonlantirishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati