Janubiy Koreya Respublikasi, Jeju milliy universitetining taklifiga binoan SamDChTI akademik litseyining 15 nafar 2-bosqich o'quvchilaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasiga jo‘nab ketdi

Janubiy Koreya Respublikasi, Jeju milliy universitetining taklifiga binoan joriy yilning 26–31-yanvar kunlari Janubiy Koreya Respublikasining Jeju milliy universitetida tashkil etiladigan sun’iy intellekt bo‘yicha “Jeju Next Gen AI Future Leaders Camp” xalqaro o‘quv dasturida ishtirok etish uchun SamDChTI akademik litseyining xorijiy tillar bo‘yicha direktor o‘rinbosari J.Radjabov boshchiligida 15 nafar 2-bosqich o'quvchilaridan iborat delegatsiya Janubiy Koreya Respublikasiga jo‘nab ketdi. 

 

Dastur nafaqat sinfxonadagi ta’lim balki akademik litsey bitiruvchilarini universitet bilan yaqindan tanishtiruv, atrof muhit, ekologiya va madaniyatlararo almashuniv dasturlari bilan ham boyitilgan. Dasturning ilk kunlarida ishtirkochilar Jeju milliy universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi hamda Akva Planet suv osti dunyosi yopiq muzeyiga tashrif buyurdilar.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati: