Samarqand shahridagi Fransuz Alyansida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi

Joriy oʻquv yilining 28-yanvar kuni Samarqand shahridagi Fransuz Alyansida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda SamDCHTI akademik litseyi o‘quvchilari fransuz tili o‘qituvchisi Umida Mamatjanova boshchiligida faol ishtirok etishdi.

 

Tadbir davomida ishtirokchilar fransuz tili kurslari, DELF va TCF xalqaro sertifikatlari, shuningdek, Campus France dasturi orqali Fransiyada ta’lim olish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

 

Shuningdek, ochiq darslar, suhbat klublari, sinov og‘zaki imtihonlar, qisqa metrajli filmlar namoyishi, bolalar va o‘smirlar uchun qiziqarli o‘yinlar hamda fransuz gastronomiyasi tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Bu kabi ma’rifiy tadbirlar yoshlarning xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

SamDChTI Akademik litseyi Axborot xizmati