Ramazon hayiti ayyomi munosabati bilan sizlarni chin dildan tabriklayman! Zamin uzra Allohning nuri, rahmati yog‘ilib turgan shu qutlug‘ kunlar hayotimizga mazmun, yurtimizga tinchlik, oilamizga baxt va xonadonimizga baraka olib kelsin!
Assalomu alaykum, muhtaram professor-o‘qituvchilar va aziz talabalar!
Ramazon hayiti ayyomi munosabati bilan sizlarni chin dildan tabriklayman! Zamin uzra Allohning nuri, rahmati yog‘ilib turgan shu qutlug‘ kunlar hayotimizga mazmun, yurtimizga tinchlik, oilamizga baxt va xonadonimizga baraka olib kelsin!
Ramazon oyi davomida qilgan ibodatlarimiz, tutgan ro‘zamiz, saxovat va mehr-shafqatga to‘la amallarimiz bizni bir-birimizga qalban yaqinlashtirib, insoniylikni yanada yuksaltirishga xizmat qilsin.
Siz, azizlarning mehnatingiz va intilishlaringiz litseyimiz mehnat jamoasini yanada kuchli, yanada mustahkam, yanada tashabbuskor qilayotgani qalbimizni iftixorga to‘ldiradi.
Shu muqaddas Ramazon hayiti kunlari Allohdan barchangizga baxt-saodat, sihat-salomatlik, uzoq umr, yurtimizga tinchlik va xalqimizga farovonlik tilayman. Ramazon hayiti barchangiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishiga tilakdoshman.


