“Yoshlar kuni" doirasida akademik litseyda “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi” asosida “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovining FINAL bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 

​Qiziqarli savollar hamda bahs-munozaralarga boy tarzda bo'lib o'tgan ushbu tanlovda jamoalar peshqadamlik uchun anchagina mehnat qilishlariga to‘g‘ri keldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:

 

1-o‘rin 202-guruh jamoasi va ular 3 million so‘m pul mukofoti hamda 1-darajali diplom,

 

2-o‘rin 104-guruh jamoasi, ular 2 million so‘m pul mukofoti hamda 2-darajali diplom,

 

3-o‘rin 103-guruh jamoasi va ular 1 million so‘m pul mukofoti hamda 3-darajali diplom bilan taqdirlanish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.

Shuningdek, tanlovlarda o‘zining bilimi va salohiyati bilan ko‘zga ko‘ringan ilmga chanqoq eng iqtidorli 5 nafar “Eng faol kitobxon” o‘quvchiga 300ming so‘mdan pul mukofotlari ham beriladi.