“Payshanba – Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi

 

“Payshanba – Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi

 

Samarqand davlat chet tillar institutida “Payshanba – Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida oliygoh akademik litseyi o‘quvchilari ishtirokida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” tashkil qilindi.

 

Tadbirda so‘zga chiqqan institut rektori B. Xoliqov yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyat va sharoitlar, ulardan unumli foydalanish natijalari haqida gapirdi. Shiddat bilan rivojlanayotgan XXI asrda bilimli yoshlar uchun dunyo eshiklari ochiqligi, buning uchun faqat chuqur bilim olish, tinimsiz mehnat va doimiy harakat talab etilishi o‘quvchilarga hayotiy misollar bilan tushuntirildi.

 

Rektor akademik litsey o‘quvchilarining qo‘lga kiritgan yutuqlarini e’tirof etdi. Ayni paytda 17 nafar o‘quvchi muddatidan oldin, test sinovlarisiz talabalikka tavsiya etildi.
SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati