Joriy yilning 16-iyun sanasida Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi bitiruvchilariga "Orzular sari parvoz" deb nomlangan diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda Samarqand shahridagi Alisher Navoiy mahalla faollari, ota-onalar hamda akademik litsey jamoasi ishtirok etdilar.
Ta’kidlash joizki, joriy o‘quv yilida akademik litseyni 165 nafar o‘quvchi tamomladi. Ularning 46 nafari imtiyozli diplomga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 9 nafar bitiruvchi oltin, 4 nafari esa kumush medal bilan taqdirlandi.
Bitiruvchilarning erishgan yutuqlari ta’lim sifati va o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan intilishining yorqin ifodasidir. Jumladan, 165 nafar bitiruvchilar xorijiy hamda umumta'lim fanlardan 348 ta til bilish sertifikatiga ega bo'lib, o'quvchilarning 52 nafari muddatidan oldin OTM larga talaba bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritishdi.






