Ota-onalar bilan ochiq muloqot o’tkazildi!
SamDCHTI akademik litseyida 101-, 102-, 103- va 104-guruh o‘quvchilarining ota-onalari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yilida o‘quvchilarning litsey muhitiga moslashuv jarayoni, ota-onalar va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘quvchilarning odob-axloqi va tarbiyasi, shuningdek, akademik litseyda yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Yig‘ilishda akademik litsey direktori D. Islomov so‘zga chiqib, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, intizomi va tarbiyasida ota-onalar bilan yaqindan hamkorlik qilish muhimligini ta’kidladi.
Tadbir davomida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qilib, taklif va fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bildirilgan takliflar kelgusidagi hamkorlikni yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.





