Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Guzal Vafoqulova tomonidan mustaqil o‘qilgan asarlar yuzasidan suhbat tashkil etildi

Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Guzal Vafoqulova tomonidan mustaqil o‘qilgan asarlar yuzasidan suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasi tahlil qilindi. O‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida “Tarvuz bo‘laklarini tiklang”, “Zakovatli kungaboqar”, “Nilufar guli”, “Bahor daraxti”, “Qaldirg‘ochlar armug‘oni” kabi interfaol metodlardan foydalanildi. Shuningdek, qissadan sahna parchasi namoyish etilib, asardagi asosiy g‘oya va qahramonlarning xarakteri chuqur tahlil qilindi. Bunday yondashuv o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga va asarni yanada chuqurroq anglashga xizmat qildi.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati