Akademik litseyning 202-guruhida ona tili fanidan “Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar tahlili” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi
SamDCHTI akademik litseyining 202-guruhida ona tili fanidan “Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar tahlili” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Mazkur mashg‘ulot ona tili fani o‘qituvchisi Narziyeva Nazokat tomonidan tashkil etildi.
Dars jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshirish, mavzuni chuqur va puxta o‘zlashtirishga erishish maqsadida zamonaviy interfaol metodlardan samarali foydalanildi. Jumladan:
— “Moslikni toping”
— “Boshqotirma”
— “Qisqa muddatli test”
— “Zakovat sinovi”
— “Ziyrak nigohlar”
— “Rasm asosida matn tuzish”
— mavzuga doir slaydli taqdimot
— “O‘yla, izla, top”
metodlari orqali dars yanada qiziqarli va mazmunli tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar misollar asosida tushuntirildi. O‘quvchilar berilgan topshiriqlar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etib, mavzu yuzasidan erkin, mantiqli va asosli fikrlar bildirdilar.






