Bugun Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov institut akademik litseyida bo'ldi

Unda litseyda faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchilar va o'quvchilar bilan  uchrashuv o’tkazdi. Jumladan, uchrashuvda 2024/2025-o’quv yilida amalga oshirilgan ishlar hamda belgilangan istiqbolli rejalar bilan tanishdi va akademik litsey ilmiy salohiyatini yanada oshirish yuzasidan mas'ullarga ko'rsatmalar berildi.

 

So'ng institut rektori akademik litsey o’quvchilari uchun yaratilgan imkoniyatlar, sinf xonalarining qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda akademik litsey o'quvchilari uchun bunyod etilajak turar joy holati  bilan yaqindan tanishdi.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati