22 nafar oʻquvchilaridan iborat delegatsiya Jeju Milliy Universiteting taklif xatiga asosan Janubiy Koreya respublikasiga joʻnab ketdi
Joriy yilning 22-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi ijrochi direktori D.Islomov, koreys tili fani oʻqituvchisi Sh.Sanoyeva hamda litseyning 22 nafar oʻquvchilaridan iborat delegatsiya Janubiy Koreya Respublikasi, Jeju Milliy Universiteting taklif xatiga asosan Janubiy Koreya respublikasiga joʻnab ketdi.
Tashrifdan maqsad: Ikki mamlakat talabalari almashinuvi, Koreya madaniyati bilan yaqindan tanishiv hamda Koreya universitetlarida "Ochiq eshiklar kuni" doirasida yangi shartnomalar imzolash. Akademik litsey jamoasi 27-yanvar sanasiga qadar Janubiy Koreyada boʻlishadi.




