Markaziy Osiyo davlatlaridan jami 75 nafar ishtirokchidan iborat delegatsiya Janubiy Koreya Respublikasining Jeju oroliga yetib keldi
23-yanvar kuni, avval xabar qilinganidek, Markaziy Osiyo davlatlari – Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻizistondan jami 75 nafar ishtirokchidan iborat delegatsiya Janubiy Koreya Respublikasining Jeju oroliga yetib keldi. Delegatsiyani Jeju xalqaro aeroportida Jeju Milliy universiteti rahbariyati samimiy kutib oldi. Shundan soʻng, universitet masʼullari delegatsiya aʼzolarini 5 kunlik maxsus dastur bilan batafsil tanishtirdi.