Akademik litseyda El-yurt umidi” jamgʻarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

SamDCHTI akademik litseyida  ‘’Yoshlar soati’’ doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 05.05.2025-yildagi PF 77-sonli “Iqtidorli yoshlar va mutaxassislarni xorijdagi nufuzli taʼlim, ilmiy va boshqa tashkilotlarda taʼlim olishini tashkil etish hamda davlat xizmatchilarini xorijiy mamlakatlarda oʻqitish va stajirovkasini tashkil etish orqali ularning kasbiy koʻnikmalari, bilimi va tajribasini yanada oshirish”ga doir qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

 

Tadbirda akademik litsey o‘quvchilariga “El-yurt umidi” jamgʻarmasining faoliyati, undagi yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida kerakli tushinchalar berildi. Suhbat davomida o‘quvchilarning qiziqishlari o‘rganildi. Tadbir so‘ngida o‘quvchilar soha vakillaridan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga kerakli javoblarni olishdi.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati