Akademik litseyda stol tennisi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyida “Besh tashabbus” doirasida 1–2-kurs yigit va qiz o‘quvchilari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Ushbu sport musobaqasi o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va jismoniy faolligini oshirish maqsadida o‘tkazildi.

 

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan bellashuv natijalariga ko‘ra, quyidagi o‘rinlar egallandi:

 

Yigitlar o‘rtasida:

1-o‘rin — 106-guruh

2-o‘rin — 201-guruh

3-o‘rin — 202-guruh

 

Qizlar o‘rtasida:

1-o‘rin — 207-guruh

2-o‘rin — 101-guruh

3-o‘rin — 106-guruh

 

 Musobaqa o‘quvchilar orasida katta qiziqish uyg‘otib, ularning sportga bo‘lgan mehrini yanada oshirdi.

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati