205-guruh o‘quvchisi Mirsaidov Fariz Ot sportining ‘’To'siqlardan sakrash’’ yo'nalishi yakkalik va jamoaviy dasturi bo'yicha "O'zbekiston chempionatida" faxrli 3-o'rinni egalladi
Joriy yilning 3-may sanasida Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi 205-guruh o‘quvchisi Mirsaidov Fariz Ot sportining ‘’To'siqlardan sakrash’’ yo'nalishi yakkalik va jamoaviy dasturi bo'yicha Toshkent shahrida bo'lib o'tgan o'smir yoshlar o'rtasidagi "O'zbekiston chempionatida" faxrli 3-o'rinni egalladi. Bu g‘alaba nafaqat uning shaxsiy, balki butun akademik litsey jamoasining yutug’i hisoblanadi.
Biz bu yutuqni katta g‘urur va iftixor bilan qarshi olamiz! Mirsanov Farizning kelgusi faoliyatida ham yanada yuksak marralarni zabt etishini, jahon xalqaro maydonlarida ham dadil qadamlar bilan yetib borishini, doimo akademik litsey qolaversa O'zbekiston bayrog‘ini baland tutishiga ishonch bildiramiz.
G‘alabangiz muborak bo‘lsin deya sizga cheksiz zafarlar tilaymiz!!!