“Akademik litsey kubogi” uchun sportning Voleybol turi bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi

Akademik litsey o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida joriy o‘quv yilining 15-, 16-oktabr kunlari akademik litseyda “Barkamol avlod” sport musobaqalari doirasida “Akademik litsey kubogi” uchun sportning  Voleybol turi bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi.

 

Ushbu o’yinda 15 ta jamoadan jami 80ga yaqin o’quvchilar jalb qilindi. Qizg’in bahs-munozaralar ostida o’tgan ushbu o’yinda natijalar quyidagicha bo’ldi;

 

1-o’rin 202-guruh jamoasi

2-o’rin 102-guruh jamoasi

3-o’rin 104-guruh jamoasi.

 

G’olib guruhlarga g’alaba muborak bo’lsin!!!

 

Qolgan sport turlari bo’yicha musobaqa yakunida barcha g’olib guruhlar

1-o‘rin uchun 500.000 so‘m va 1-darajali Diplom

2-o‘rin uchun 300.000 so‘m va 2-darajali Diplom

3-o‘rin uchun 200.000 so‘m va 3-darajali Diplom bilan taqdirlanadilar.