Baholash mezoni

AKADEMIK LITSEYLARGA HUJJATLARNI ONLINE TOPSHIRGAN    9-SINF BITIRUVCHILARI UCHUN IKKI BOSQICHLI IMTIHON BO‘LIB O‘TADI.

1-bosqich imtihon yozma shaklida akademik litseyda bo‘lib o‘tadi. Quyida yozma imtihon o ‘tkazilish tartibi va baholash me’zoni ko‘rsatilgan:

CHET TILI (Ingliz, nemis, fransuz)

9-sinf bitiruvchilarini akademik litseyga sаrаlаb olish dastlabki yozma imtihoni chet tilidan insho (Essay) shaklida o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchilar berilgan topshiriq asosida kamida l00ta so‘zdan ibоrаt bo‘lgan insho (Essay) yozadilar. Insho yozish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi. Insho (Essay) 50 balli quyidagi mе’zоnlаr asosida baholanadi:

Yozma ish quyidagi 4 ta me’zon asosida baholanadi:

Insho uchun qo‘yilgan bahoni hisoblash:

  1. Topshiriqning bajarilishi: 10
  2. Muvofiqlik va uyg‘unlik: 10
  3. Leksika: 10
  4. Gramatika: 20

 

ONA TILI VA ADABIYOT (Русский язык)

Akademik litseyga 9-sinf bitiruvchilarini saralab olishning dastlabki shakli yozma, diktant shaklida o’tkaziladi.

1. O‘tkazish tartibi.

Ona tili va adabiyot fanidan yozma imtihon diktant shaklida o‘tkaziladi.

Yozma imtihonga 45 daqiqa vaqt ajratiladi.

Diktant matnidagi so‘zlar miqdorini belgilashda undagi barcha so‘zlar hisobga olinadi. Diktant matnidagi so‘zlar soni 100-120 tadan iborat bo'ladi.

2. Baholash mezoni.

Diktant 50 ballik tizimda baholanadi. Ball qo'yish tartibi quyidagicha:

Savodxonligi

Yuqori ball

1.

Diktant husnixat  bilan yozilib, hech qanday  xatosi bo'lmasa;

50

2.

1 ta imlo xato bo‘lsa;

48

3.

1 ta imlo, 1 ta ishora xato bo‘lsa;

45

4.

1 ta imlo, 2 ta ishora xato bo‘lsa;

43

5.

2ta imlo, 2 ta ishora xato bo‘lsa;

40

6.

2 ta imlo, 3 ta ishora xato bo‘lsa;

38

7.

3 ta imlo, 3 ta ishora xato bo‘lsa;

35

8.

3 ta imlo, 4 ta ishora xato bo‘lsa;

33

9.

4 ta imlo, 4 ta ishora xato bo‘lsa;

30

10.

4 ta imlo, 5 ta ishora xato bo‘lsa;

28

11.

5 ta imlo, 5 ta ishora xato bo‘lsa;

25

12.

5 ta imlo, 6 ta ishora xato bo‘lsa;

23

13.

6 ta imlo, 6 ta ishora xato bo‘lsa;

20

14.

6 ta imlo, 7 ta ishora xato bo‘lsa;

18

15.

7 ta imlo, 7 ta ishora xato bo‘lsa;

15

16.

7 ta imlo, 8 ta ishora xato bo‘lsa;

13

17.

8 ta imlo, 8 ta ishora xato bo‘lsa;

10

18.

8 ta imlo, 9 ta ishora xato bo‘lsa;

8

19.

9 ta imlo, 9 ta ishora xato bo‘lsa;

5

20.

9 ta imlo, 10 ta ishora xato bo‘lsa;

3

 

 

Insho va diktantdan umumiy 55 ball va undan yuqori ball to’plagan o‘quvchilar 1-bosqichdan o‘tgan deb hisoblanadi hamda 2-bosqich test sinovlariga qo‘yiladi.

2-bosqich imtihonalari (test imtihonlari) Davlat test markazi tomonidan olinadi.