1

Pardayev Umid Qo'chqor o'g'li

Xorijiy tillar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

 

Qabul vaqti: Dushanba, Juma: 08:00-15:00
Telefon: +998 (93) 337-55-00
E-mail: pardayev.u@samdchti-al.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-sonli9 qaroriga muvofiq yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan barcha davlat hamda nodavlat ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni yanada chuqurlashtirib o’qitish hamda o’quvchilarning salohiyatini oshirish yuzasidan qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tahsil oluvchilar o’rtasida xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish va ularni mukammal o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan barcha sharoitlarni yaratish, xorijiy tillarni o’qitishning xalqaro tan olingan dastur va darsliklari ta’limning barcha bosqichlarida joriy etilishini muvofiqlashtirish hamda o’qituvchilarda jahon ta’lim standardlariga mos tarzda o‘qitish ko‘nikmalarini rivojlantirish, hududlar, tarmoqlar va ta’lim muassasalarining xorijiy tillarni o’zlashtirgan mutaxassislarga ehtiyojlarini tahlil qilish natijalari asosida talab yuqori bo‘lgan xorijiy tillarni o’qitishni tashkillashtirish, shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganishni yoshlar o’rtasida yanada ommalashtirish bo’yicha tizimli ishlarni samarali tashkil etish maqsadida Samarqand davlat chet tillart instituti akademik litseyida xorijiy tillar bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimi joriy etilgan.