Akademik litsey kasaba uyushmasi haqida ma'lumot
Bugungi kunda Samarqand davlat chet tillar instituti akademik liseyida 67 nafar xodimlar faoliyat ko'rsatmoqda. Shundan ayol xodimlar 33 nafarni, erkaklar esa 34 nafarni tashkil qiladi, qolgan 10 nafari esa 30 yoshga to'lmagan xodimlardir.
Akademik litsey Kasaba uyushmasi raisi: Ortiqov.U.M
Qo'mita a'zolari: Tosheva. Z, Qurbanaliyeva. Sh, Razzakova .N.
SamDChTI akademik litseyi kasaba uyushmasining asosiy maqsadi va vazifalari:
1. Akademik litsey kasaba uyushmasining asosiy maqsadi o'z a'zolarining iqtisodiy, ijtimoiy, mehnat, intellektual huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish.
2. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, "Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to'g'risidagi Qonuni va boshqa qonunlarda belgilangan huquqlardan foydalanish.
3. Qonun loyihalari va boshqa me'yoriy hujjatlar loyihasini muhokama qilish, ular yuzasidan jamoatchilik fikrini shakllantirish, hamda tegishli organlarga takliflar kiritish.
4. Mehnatga haq to'lashning ijtimoiy jihatdan adolatli usuliga, mehnat qonunchiligiga va me'yorlariga rioya qilishni nazorat qilish.
5. Kasaba uyushmasi mablag'ini boshqarish, xodimlar va ularning oila a'zolarini sog'lomlashtirish uchun ajratilgan mablag'larni maqsadli sarflanishini nazorat qilish.
6. Xodimlar va ularning oila a'zolarini madaniy-ma'rifiy, jismoniy tarbiya va sport sohalaridagi manfaatlarini va sanatoriya-kurortlarda davolanishlari va dam olishlarini tashkil etish.
7. Jamoa shartnomasini tuzish va uni bajarilishini nazorat qilish.
8. Mehnat sharoitlarini O'zbekiston Respublikasida belgilangan qoidalariga rioya qilinishini o'z vakolatlari doirasida nazorat qilish.
SamDChTI Akademik litseyi kasaba uyushmasi 2024-2025 o'quv yiliga mo'ljallangan ish rejasi.
№ |
Tadbirlar mazmuni |
Ijro uchun mas'ul |
Ijro muddati |
Umumiy yig'ilishda ko'riladigan masalalar. |
|||
1 |
SamDChTI Akademik litseyi kasaba uyushmasi qo'mitasining 2024-2025 o'quv yilidagi faoliyati va ustuvor vazifalari to'g'risida. |
Kasaba uyushmasi qo'mitasi. |
2024-yil, avgust |
Kasaba uyushmasi qo'mitasining yig'ilishida ko'riladigan masalalar: |
|||
1 |
Ma'naviy-ma'rifiy, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish borasidagi faoliyati to'g'risida. |
Ma'naviy-ma'rifiy, ommaviy sport ishlari bo'yicha komissiya |
2025-yil, mart-aprel |
2 |
Xodimlarning mehnatini muxofaza qilish, zaruriy ish sharoitlarini tashkil etish borasida kasaba uyushmasi qo'mitasining ish beruvchi bilan hamkorlikda olib borgan ishlari va vazifalari haqida. |
Mehnat muhofazasi bo'yicha komissiya |
Yil davomida |
3 |
Litseyda mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishi haqida |
Huquqiy masalalar komissiyasi |
2025-yil, may |
4 |
Kasaba uyushmasi qo'mitasining 2024-2025 o'quv yilidagi sarf-xarajatlar smetasi to'g'risida. |
Kasaba uyushma raisi |
2025-yil, iyun |
Umumiy tadbirlar. |
|||
5 |
Akademik litsey xodimlari o'rtasida "Salomatlik" spartakiadasini tashkil etish va o'tkazish. |
Ma'naviy-ma'rifiy, ommaviy sport ishlari buyicha komissiya |
2025-yil, aprel |
6 |
Tibbiyot muassasi, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari ishtirokida giyohvandlikning zarari, oqibatlari to'g'risida uchrashuv tashkil etish. |
Ma'naviy-ma'rifiy komissiyasi |
2025-yil, dekabr |
6 |
Akademik litsey xodimlarining sog'ligini tiklash maqsadida Respublika dam olish markazlarida xordiq chiqarishlarini tashkillashtirish. |
Lisey ma'muriyati, kasaba uyushma kumitasi |
Yil davomida |
7 |
Bayram sanalari munosabati bilan litseyda bayram tadbirlarini o'tkazish va eng faol litsey xodimlarni va nafaqadagi faxriylarni qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlash. |
Litsey ma'muriyati, kasaba uyushma qo'mitasi |
Yil davomida |