Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi logotipi
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi o'zining maxsus logotipiga ega bo'lib ushbu logotipdagi har bir belgining o'z ramzi va mazmuni, o'ziga xos ma'no anlatuvchi jihatlari mavjud.
Xususan, logotipning markazida joylashgan kitob hamda yer shari bilim, ta'lim butun dunyoning asosi ekanligi, faqat ta'limgina insoniyat taraqqiyotiga, jamiyat tamadduniga asos bo'la olishini ifodalaydi.
Kitobning pastki qismida yozilgan 2017 yozuvi esa Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyining tashkil topgan yilini ifodalaydi. (Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3290 Qaroriga asosan Samarqand davlat chet tillar instituti tasarrufiga o‘tkazilgan)
Eng yuqori qismda joylashgan yettita yulduz esa akademik litseyimizda tashkil etilgan ta'lim jarayonlari, ya'ni akademik litseyda tahsil oluvchilarga o'rgatiladigan 7 ta xorijiy tillar(Ingliz, rus, fransuz, nemis, xitoy, koreys, arab)ni anglatadi.
Logotipning ikkala tomonida joylashgan lavr barglari esa butun dunyo ta'lim muassasalarining logotiplarida uchrovchi, o'ziga xos alohida mazmun, ma'no kasb etuvchi belgi hisoblanib, u buyuklik ramzidir. Qadimgi Rim imperatorlariga toj sifatida kiydirilgan ushbu shifobaxsh o'simlik qadim-qadimdan ulug'langan, hozirda esa bilim, ma'rifat hamda buyuklik ramzi sifatida qaraladi.