Rektor stipendiyasi

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida ta’lim jarayonlarida faol ishtirok etib kelayotgam, barcha fanlarni a’lo baholarga o’zlashtirib borayotgan, darslardan tashqari mashg’ulotlar hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etuvchi, ijtimoiy faol, shuningdek, alohida qobiliyat yoki iste’dod egasi bo’lgan, fan olimpiadalari, respublika hamda xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan, iqtidorli o’quvchilarini moddiy rag’batlantirish, kelgusidagi o’qishlarida yangi muvafaqqiyatlarga erishishiga ko’maklashish maqsadida akademik litseyda “Rektor stipendiyasi” hamda “Akademik litseyimiz iftixori” singari stipendiyalar ta’sis etilgan. Mazkur stependiyalarni tayinlash to’g’risida Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining buyrug’iga binoan SamDCHTI akademik litseyida 2-bosqichda tahsil olayotgan  o’quvchilarning 10 nafarini “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasi hamda 25 nafarini “Rektor stipendiyasi” bilan taqdirlash belgilangan.

Bu borada akademik litseyda tizimli ishlar yo’lga qo’yilib, Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil olayotgan o’quvchilar har yili yuqorida keltirilgan talablar asosida saralab olinmoqda va moddiy rag’batlantirilmoqda.

 

       Akademik litseyimiz faxri stipendiyasi nizomi 

 

 

       Litseyimiz faxri uchun vazirlik buyrug'i №224 

 

 

        Rektor stipendiyasi buyrug'i №40